23:03 / 03.03.2017
12240

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan Ashxobodda muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston vakili Ashxobodga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish uchun keldi.

Tomonlar uchrashuv vaqtida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari bo‘yicha fikrlar almashishdi, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini, mintaqaviy masalalar va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilishdi.  

G‘aniyev va Meredov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga uyushtiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi. Tomonlar tashrif vaqtida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar paketini ko‘zdan kechirib chiqishdi.

Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi sermahsul hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirishgan hamda o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada jadallashtirish zarurligini ta'kidlab o‘tishgan. 

 

Top