22:24 / 04.03.2017
8818

BMT Shimoliy Koreya Afrikaga qurol sotishini fosh qildi

BMTning sanksiyalari ostiga tushgan Shimoliy Koreya qurol-aslahasi xalqaro tashkilotning tinchlikparvar qo‘shinlari tomonidan Afrikada aniqlandi. Bu haqda BMTning ichki ma'ruzasiga iqtibos keltirgan holda Associated Rress axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, ma'ruzada gap Shimoliy Koreya rahbariyati afrikalik harbiylar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib va ularga qurol-aslaha yetkazib berishiga qaramasdan, sanksiyalar ta'siridan qutulib qolayotgani haqida borgan. Jumladan, yaqinda Misrga ketayotgan kemada yashirilgan 30 ming granataning ushlanishi eslatib o‘tilgan. Shuningdek, shimoliy koreyalik harbiylar Angola va Ugandada payqalganlar.

Mutaxassislarning aytishicha, Afrikada ishlar olib borish Shimoliy Koreyaga Xitoydan o‘sib borayotgan tobelik darajasini kamaytirishga imkon beradi.

Mavzuga oid
Top