19:38 / 04.03.2017
25756

OAV: Avraam Linkolnning 1950 yilgi suratdagi arvohi tarixchilarni qo‘rqitib yubordi

AQShlik tarixchilar 1950 yilda olingan suratni muhokama qilishmoqda. Suratda Oq uyning rekonstruksiya vaqtidagi ko‘rinishi tasvirlangan. Mutaxassislar suratning orqa planida bir odamning sharpasi turganini ko‘rishgan. Ularning fikricha, bu sharpa AQShning birinchi respublikachi-prezidenti Avraam Linkolnga tegishli.

Express nashrining ma'lum qilishicha, sharpa turgan joyda prezident yotoqhonasi joylashgan bo‘lgan. Tarixchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidentlari bu xonada qandaydir "noma'lum kuch"ning mavjudligini sezishgan.   

Ta'kidlanishicha, bu fotosurat Oq uy suratkashi tomondan olingan. Ehtimol, vaqt o‘tib surat o‘zgarib, unda avval payqalmagan sharpa hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Olimlar AQSh prezidenti ma'muriyati arxividan olingan bu surat dunyodagi eng noyob suratlardan ekanligini ta'kidlashmoqda.

Avraam Linkoln AQShning 16-prezidenti bo‘lib, AQShni 1861 yildan 1865 yilgacha – otib ketilmaguncha boshqargan. U Respublikachilar partiyasidan birinchi prezident bo‘lgan hamda amerikalik qullar ozodchisi va amerika xalqining milliy qahramoni hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top