18:46 / 04.03.2017
4223

Senegaldagi avtohalokatda 12 kishi halok bo‘ldi

Senegal g‘arbida 3 mart kuni avtobus va mikroavtobus to‘qnashishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi va yana 50 kishi jarohat oldi. Bu haqda AFP axborot agentligi ma'lum qildi. 

"10 kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonaga yo‘lda, yana bir kishi shifoxonada halok bo‘lgan", deb ma'lum qilingan shifoxonada.

Mahalliy qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, 10 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda.  

Guvohlarning aytishicha, yo‘l-transport hodisasiga rulda uxlab qolgan avtobus haydovchisi sababchi bo‘lgan.

Top