15:55 / 04.03.2017
9977

UFC rahbari: Nurmagomedov jamoasi «jang»ni saqlab qolishi mumkin edi

UFC (aralash janglar o‘tkazuvchi Amerika tashkiloti) rahbari Dana Uaytning bayonot berishicha, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov jamoasi Toni Fergyuson bilan bo‘lib o‘tajak jangni "saqlab qolishi" mumkin edi. Uning so‘zlarini MMA Fighting sayti keltiradi.

"To‘g‘risini aytganda, jamoa uni (Nurmagomedov) Las-Vegasdagi ilk duch kelgan shifoxonaga olib borishga qaror qilgan. Buning o‘rniga ular bizning shifokorimiz va Briannaga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin edi. Aynan ular tibbiy yordamga javobgar edi, — deb tushuntirgan Uayt. — Ular qoidani buzishdi, o‘zlari bilgancha harakat qilishdi. Agar ular hammasini to‘g‘ri bajarishganda, balki jang bo‘lishi mumkin edi".

Uayt, shuningdek, vaznini zudlik bilan pasaytirishga harakat qilgani uchun ham Nurmagomedovni tanqid qilgan. Rossiyalik aynan shu sababli shifoxonaga tushgan edi. "Bu har doim zararli. Agar shunday qilinsa, buyrak, jigar, butun tanaga ziyon yetkazish mumkin", — deb izohlagan Uayt.
 
UFC muvaqqat chempionligi uchun Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi jang 4 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, 3 mart kuni UFC saytida jang bekor qilingani haqida xabar paydo bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top