19:35 / 04.03.2017
13474

​“Uzbek Tigers”ning ilk vakili g‘alaba qozondi

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uchinchi bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi boks kechasiga start berildi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, raqib jamoalarning har bir a'zosi 3 daqiqadan besh raund ringga chiqishadi.

Ringga birinchi bo‘lib 56 kg.gacha bo‘lgan bokschilar ko‘tarilishdi.

“Uzbek Tigers” jamoasi vakili Abdulhay Shorahmatov Rossiya Federatsiyasining "Patriot Boxing Team" a'zosi Dmitriy Sharafutdinovga qarshi jang olib bordi.

Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Abdulhay Shoraxmatov g‘alaba qozondi.

Mavzuga oid
Top