19:19 / 04.03.2017
12291

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralar masalasini muhokama qilishdi

2017-yilning 27-fevral – 3-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, majlis davomida ikki davlatning Hukumat delegatsiyalari tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralarini demarkatsiya qilishga oid hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi va 2017-yilning birinchi yarmida dala ishlarini o‘tkazish jadvali kelishildi. 

“Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top