00:14 / 05.03.2017
48025

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufiga 5 ta ta'lim muassasasi o‘tkazildi

O‘zbekistondagi beshta ta'lim muassasasi – bitta institut va 4 ta kollej O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra, "O‘zavtoyo‘l" kompaniyasi negizida tashkil topgan yangi qo‘mita tasarrufiga Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti (avvalgi Toshkent avtomobil yo‘llari instituti) o‘tkazildi. 

Shuningdek, yana 4 ta ta'lim muassasasi: Buxoro avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji, Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji, Urganch avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji va Toshkent avtomobil yo‘llari kasb-hunar kolleji ham yangi qo‘mita tasarrufiga o‘tkazildi.

Avval bu ta'lim muassasalarining barchasi O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi tarkibiga kirgan.

Ushbu o‘zgarishlar kadrlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda tayyorlash va mutaxassislarning tayyorgarlik darajasini oshirishga ko‘mak beradi.

Top