07:38 / 05.03.2017
10122

La-Liga. «Barselona» yana birinchi o‘rinni qaytarib oldi

Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri Kataloniyadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda «Barselona» Vigoning «Selta» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Messi hisobni ochgan bo‘lsa, Neymar 40-daqiqada oradagi farqni ikkitagacha oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Rakitich, Umtiti va Messining yana bir goli evaziga hisob 5:0 ko‘rinishi oldi va Luis Enrike shogirdlari navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 60taga yetdi va jamoa yana turnir jadvalida peshqadamga aylandi. «Real» bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda «Barselona»dan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Turning yana bir uchrashuvida «Vilyarreal» «Espanol»ni qabul qilib 2:0 hisobida mag‘lub etib o‘z ochkolari sonini 45taga yetkazib oldi. «Sariq suvosti kemasi» YeChL yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Ispaniya La-ligasi, 26-tur

Barselona – Selta 5:0 (2:0)

Gollar: Messi (24, 64), Neymar (40), Rakitich (57), Umtiti (61).
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto (Inesta, 67), Rakitich, Buskets (Maskerano, 61), Rafinya, Neymar (Denis Suares, 70), Messi, Suares.
Selta: Alvares, Gomes, Kabral, Kastro, Ronkalya, Vass (Dias, 68), Radoya, Bongonda (Sisto, 51), Malo, Gvidetti (Xosabed, 62), Aspas.
Ogohlantirishlar: Buskets (20), Kabral (36), Radoya (38), Gomes (49).

Vilyarreal – Espanol 2:0 (1:0)
Gollar: 
Soriano (45), Bakambu (80).
Vilyarreal: Fernandes, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta, Kastilexo, Trigeros, Soriano, Soriano (Rodri Ernandes, 72), Soldado (Dos Santos, 63), Bakambu (Borre, 88).
Espanol: Lopes, Lopes (Peres, 76), Duarte, Reyyes, Karikol, Lopes Silva, Mark Roka (Diop, 84), Melendo, Xurado, Pyatti (Kaysedo, 56), Moreno.
Ogohlantirishlar: Kosta (3), Lopes (28), Alvaro Gonsales (54), Duarte (66).

Top