17:51 / 05.03.2017
7272

Mourino: Men va Zlatan ko‘cha futbolidan, erkaklar futbolidan kirib kelgan avlod vakillarimiz

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning navbatdagi turi doirasida «Bornmut»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvdagi vaziyatlardan birida «Bornmut» himoyachisi Tayron Mingz Ibrahimovichning boshini bosib o‘tgandi. Keyinroq qasd olish maqsadidagi Zlatan uning yuziga tirsagi bilan urdi.

«Zlatan - katta yigit. Biz ko‘cha futbolidan, erkaklar futbolidan kirib kelgan avlodmiz. Biz jurnalistlarga arz qilib yig‘laydigan avlod vakillari emasmiz.

Kerak bo‘lgan narsa bu natija. Qolgani biz uchun ahamiyatsiz», - deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan BBC Sport.

Ibrahimovichni bosib o‘tgan «Bornmut» futbolchisi: Shu kun kelishini bir umr kutgandim

Ekspert: «Mingz qasddan Zlatanning boshini bosib o‘tdi va buning uchun uzr so‘ramadi»

Runi kunning eng bahsli mavzusi haqida: Futbolda bunday qiliqqa joy yo‘q

Top