15:30 / 05.03.2017
6370

Nigeriyalik qaroqchilar rossiyaliklarni asirlikdan qo‘yib yubordi

Nigeriyalik qaroqchilar rossiyalik 7 nafar va ukrainalik bir nafar dengizchini ozodlikka chiqardi. Bu dengizchilar BBC Caribbean kemasi bilan birga garovga olingandi.

Sevastopoldagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Pavel Butsayga asoslanib TASS agentligining xabar berishicha, qutqarilganlarning barchasi sog‘-salomat. 

Dengizchilar kema egasi hamda qaroqchilar o‘rtasidagi muzokaralar yakunida ozodlikka chiqarilgan.

Interfaks agentligi xabariga ko‘ra, ular asirlikdan chiqqach Germaniyaning Frankfurt shahriga olib kelingan va tez orada uylariga qaytishi kutilmoqda.

RIA Novosti xabarida keltirilishicha, qaroqchilar so‘ragan tovon puli to‘langan, lekin bu mablag‘ qancha bo‘lgani aytilmagan.

8 fevral kuni Nigeriyada 7 nafar rossiyalik asirga tushgani xabar qilingandi. Rossiya TIV bu dengizchilarga hujum 5 fevral kuni amalga oshirilgani haqida ma'lumot bergan.

Mavzuga oid
Top