10:38 / 05.03.2017
4417

Politsiya Krasnodarda ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelgani haqidagi ma'lumotni inkor qildi

Politsiya Krasnodar shahrida «Krasnodar»ga qarshi o‘yinga kelgan «Spartak» muxlislarini hibsga olmagan. Bu haqda IIVning Krasnodar o‘lkasi bo‘limi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«Politsiyada muxlislar qo‘lga olingani, tartibsizliklar vaqtida dubinkalar va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llangani haqida ma'lumot yo‘q», — deya IIV xabarini keltirgan TASS.

Bundan oldinroq ijtimoiy tarmoqda moskvaliklar klubining ashaddiy fanatlari Krasnodarda mahalliy kishilarga, jumladan slavyan bo‘lmagan kishilarga hujum qilgani, oqibatda politsiya bilan to‘qnashuv yuzaga kelgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top