11:18 / 05.03.2017
8678

Turkiya chegarasida qulagan Suriya harbiy samolyoti uchuvchisi topildi

4 mart kuni Turkiya chegarasida qulagan Suriya harbiy samolyoti uchuvchisi katapulta qilgan parashyutidan 500 metr narida bemajol holda topildi.     

Uchuvchi turk harbiylari tomonidan 9 soatlik qidiruvdan keyin topilgan. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.   

Hozir uchuvchi shifoxonaga yetkazilgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Samolyotning qulashiga uning pulemyotdan o‘qqa tutilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Top