22:11 / 05.03.2017
32554

O‘zbekiston hafta ichida: yangi banknot va haydovchilik guvohnomasi, poytaxtdagi yong‘inlar, xalqaro munosabatlardagi yangi davr

O‘tgan kunlar davomida O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab sohalarida qator o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘ldi.

Siyosiy hayot

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilishi tugallanmagan obektlar va bo‘sh turgan sanoat maydonlarini o‘z nazoratiga olmoqda.

Shavkat Mirziyoyev “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev BMTni Markaziy Osiyodagi dolzarb masalalarni hal qilishda hamkorlikka da'vat etdi

Andijon viloyati va tumanlarida bosh militsionerlar o‘zgardi

O‘zbekiston banklari Uzpaynet agentlarini terminallar bilan ta'minlay olmadi

10 ming so‘mlik banknot suratlari namoyish qilindi

Xalqaro aloqalar

Dushanbega parvozlar qachondan amalga oshirilishi ma'lum bo‘ldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimovni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda Rustam Azimov O‘zbekiston Turkiya bilan qaysi sohalarda hamkorlik boshlashi mumkinligi haqida gapirdi. Bundan tashqari, Rustam Azimov turk kompaniyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga taklif qildi.  Rustam Azimov Istanbulda o‘tkazilgan Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumida Rasmiy Toshkent Anqara bilan iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirishni istashini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri General Electric kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jyeyms Pollettni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev sentabrda AQShga boradi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin kunlar ichida Turkmanistonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Prezidentning Ashxobodga tashrifi kunlariga aniqlik kiritildi. Bundan tashqari, ushbu tashrif arafasida Toshkentdagi ko‘chaga turkman shoiri nomi berildi.

Jamiyat

Unitel: O‘zbekistonda Beeline brendining nomi o‘zgarmaydi

Toshkent metrosida internet paydo bo‘lishi mumkin

Chilonzordagi dahshatli yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi. Bundan tashqari, o‘tayotgan haftada poytaxtda yana bir yirik yong‘in qayd etildi. Ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot taqdim etildi. 

Toshkent aeroportining yangi terminali ko‘rinishi

Sergelida metroning yer usti liniyasi ilk tayanch ustunlari o‘rnatildi (foto)

Toshkentning 39ta chorrahasidagi kameralar qoidabuzarliklarni qayd etmoqda

Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berildi. Foto. Bundan tashqari, Oqsaroy oldida Islom Karimov haykali bo‘lishi ham ta'kidlab o‘tilgan

O‘zbekiston fuqarolari 5 yil ichida 22 588 grin-kartani qo‘lga kiritdi

Shavkat Mirziyoyev urush faxriysiga yangi xonadon sovg‘a qildi (Video)

Terminal bosh og‘rig‘i tugadi. To‘lovlarni qabul qilishning yangi tizimi ishga tushdi

Uyini sotmoqchi bo‘lganlar ortiqcha qog‘ozbozliklardan ozod bo‘lishdi

O‘zbek telekanallarining ommaboplik reytingi e'lon qilindi

Dunyoning eng kuchli, yosh iqtisodchilaridan biri — o‘zbekistonlik Raufxon bilan intervyu

Kimlar O‘zbekistonda transportdan bepul foydalanish huquqini saqlab qoldi?

O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etilmoqda

Andijonda 1,5 yoshga to‘lmagan qizchasini Qirg‘izistonga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Foto

Sport

Yangilangan “Uzbek Tigers” raqibini yer tishlatdi. Bu «Uzbek Tigers»ning 2017 yildagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Ayni damda guruhdagi holat qanday? Fotonigoh.

Hafta dayjesti: IShIDning mag‘lubiyati, mojaroli o‘tgan “Oskar”, yangilanayotgan AQSh va boshqa xabarlar talqini

Top