20:46 / 05.03.2017
25724

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 martdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar hamda o‘rinbosar tayinlangan.

Qo‘mitaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilishicha, Iskandar Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Shuningdek, Farhod Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Fevral oyi oxirida Rustam Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 fevraldagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligini tugatib, uning negizida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasini tashkil qilish haqida ko‘rsatma berilgan edi.

Top