14:15 / 06.03.2017
9208

Almazbek Atambayev Qirg‘izistonning asosiy yutug‘ini aytdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlarini topshirish marosimi vaqtida mamlakatning asosiy yutug‘i haqida gapirdi.

«Men uchun eng asosiysi — YaIM ko‘rsatkichlari emas, bu biroz yuqoriroq yoki pastroq bo‘lishi mumkin. Odamlar qanday yashayotganiga qarang... Bizning oddiy odamlar, ayniqsa qishloqdagi qirg‘izlar qo‘shni davlatlardagidan yaxshiroq yashashmoqda. Bu bizning asosiy yutug‘imiz», — degan davlat rahbari.

«Qachondir kimdir Qirg‘iziston haqida nafrat bilan gapirishi yoki yozishi mumkin. Bunday to‘ng‘iz hamisha hamma yerda topiladi», — degan prezident.

«Inqiloblar, mitinglar, tartibsizliklar, etnik to‘qnashuvlarga qaramasdan hozirgi tinchlik siz xalq tufaylidir», — deya qayd etib o‘tgan Almazbek Atambayev.

Mavzuga oid
Top