19:11 / 06.03.2017
9935

Xitoy bank sektori dunyoda birinchi o‘ringa chiqmoqda

Xitoy bank tizimi 2016 yil yakunlariga ko‘ra faol aktivlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallab, Yevro hudud moliya tizimini ortda qoldirgan va AQSh bank tizimidan  qariyb ikki marotaba ilgarilab ketgan.

Ayni vaqtda Xitoyga tegishli aktivlar miqdori 33 trln dollarga yetgan. Yevro hududning aktivlari summasi 31 trln dollar bo‘lsa, AQSh hisobida 16 trln dollar, Yaponiyada esa 7 trln dollar.

Shu tariqa, Xitoy bank sektorining ko‘rsatkichi mamlakat yalpi ichki ishlab chiqarish miqdoridan 3,1 marotabaga o‘zib ketgan.

Financial Times nashrining yozishicha, bu holat Xitoyning dunyo moliya bozoridagi o‘rnining o‘sishida uning boshqaruv tizimidan qat'i nazar, jahonda global inqiroz oqibatlarini yengishida va milliy iqtisodiyotining tizimli rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu o‘rinda mutaxassislar Xitoy bank tizimining o‘ta taraqqiy etib ketishi mamlakat iqtisodiyotining bank moliyalariga bog‘lanib qolishidan tashqari zaxira fondlarini samarasiz taqsimlanishi hamda moliyachilar tili bilan aytganda xavfli kreditlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Top