20:51 / 06.03.2017
8840

Lokalizatsiya dasturiga tuzatishlar kiritildi – 12 loyiha olib tashlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 fevraldagi qarori bilan “Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorini qabul qildi. Qaror Lex.uz saytiga joylashtirilgan

Mazkur qaror bilan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga o‘zgartishlar kiritildi, ro‘yxatga 2017-2019 yillarda ishlab chiqarish belgilangan yangi loyihalar kiritilgan. 

Shu bilan birga, dasturga qo‘shilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga nisbatan bojxona imtiyozlari 6 martdan, soliq imtiyozlari 2017 yil 1 aprelidan  boshlab qo‘llaniladi. 

O‘z navbatida, mazkur dasturdan 12 turdagi mahsulot ro‘yxat bo‘yicha olib tashlangan. 

Top