09:00 / 06.03.2017
17803

Messi golni nishonlash paytidagi «menga qo‘ng‘iroq qil» ishorasi kimga atalganini aytdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Selta» bilan uchrashuvda (5:0) kiritilgan golni nishonlay turib, «menga qo‘ng‘iroq qil» ishorasini qildi. U bu imo-ishora kimga atalganini aytdi.

Argentinalik ushbu uchrashuvda dubl qayd etdi. U 24-daqiqada hisobni ochdi, golni nishonlashdan so‘ng esa tribunalar tomonga qo‘li bilan «menga qo‘ng‘iroq qil» ishorasini ko‘rsatdi.

Bu vaqtda Lionel «Kamp Nou» stadioni vip-lojasi tomon qaragani uchun futbolchi klub rahbariyatiga yangi shartnoma borasida o‘zining otasiga qo‘ng‘iroq qilish kerakligini aytdi, degan fikrlar paydo bo‘ldi. Ammo aslida argentinalik futbolchining xatti-harakatlari ostida boshqa ma'no yotgani aniq bo‘ldi. 

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Lionel bunday imo-ishora orqali o‘z jiyaniga murojaat qilgan. Jiyan o‘yin kuni Messiga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgan, ammo bahsga tayyorgarlik ko‘rayotgan Leo uning qo‘ng‘iroqlariga javob bera olmagan. Messi esa gol urganidan keyin jiyanidan yana qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan.

Top