12:18 / 06.03.2017
42345

Milliy bankka yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi etib Suxrob Xolmurodov tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

U 2016 yildan boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

Suxrob Xolmurodov 1973 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2000 yilda Toshkent Moliya institutini tugatgan. 1993 yildan beri bank sohasida ishlab keladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining avvalgi rahbari Saidaxmat Rahimov qayerga ishga o‘tgani noma'lum.

Top