21:24 / 06.03.2017
10804

Pavel Durov hukumat Telegram arxiviga kira olishi haqidagi xabarga javob qaytardi

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov o‘z tvitterida ma'lum qildiki, Rossiya maxsus xizmatlari Telegram trafigiga kirish uchun cheklanmagan darajada imkoniyatga ega emas.

Bundan oldinroq «Gazeta.Ru» Valeriy Solovey o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «hukumat Telegram messenjeri trafikiga kirish va 3 yillik arxivdan foydalanish imkoniga egaligi bo‘yicha shubhalanish uchun jiddiy asos borligi» haqida yozgandi. Professor bunga «Yarovaya qonuni» asos bo‘lishini bildirgandi.

«Bu «hazil». Alohida davlatlardagi qonunlar Telegram siyosatiga ta'sir ko‘rsatmaydi», — deya javob qaytargan Durov «Dojd» telekanali vakili Margarita Juravlevaning savoliga.

Bundan oldinroq ham Pavel Durov maxsus xizmatlarga shifr kalitlari berilishini ko‘zda tutuvchi «Yarovaya qonun loyihasi» talablarini bajarmasligini ma'lum qilgandi.

«Telegram shifrlash ma'lumotlari yoki kalitlarini uchinchi shaxslar, jumladan, hukumatga bermaydi. Ayrim mamlakatlarda qabul qilinadigan qonunlar ushbu siyosatga ta'sir o‘tkazmaydi», — deya ta'kidlagandi Durov.

O‘tgan yil yozida Rossiya Davlat dumasi deputat Irina Yarovaya va senator Viktor Ozerov tomonidan kiritilgan aksilterror qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilgandi. Ushbu loyiha axborot tarqatish tashkilotchilarini ma'lumotlar shifrlangan taqdirda maxsus xizmatlarga ularni o‘qish imkonini beruvchi manbalarni taqdim etish majburiyatini yuklaydi. Bundan bosh tortilgan taqdirda 1 million rublgacha jarima ko‘zda tutilgan.

Top