12:11 / 06.03.2017
10426

«Real» Iskoning narxini ma'lum qildi

«Real» yozgi transferlar vaqtida Isko bilan xayrlashishi mumkin.

Tuttosport ma'lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» ushbu futbolchi uchun 35 mln yevrodan kam bo‘lmagan mablag‘ va bonuslar taklif etgan jamoaning taklifini ko‘rib chiqadi.

Bundan oldingi xabarlarda Isko o‘yin amaliyoti yetishmayotgani tufayli Madrid jamoasidan ketishni istayotgani aytilgandi.

Bu xabarlarga munosabat bildira turib, Isko «Real»da ko‘p yillar qolishni istayotgani, ammo buning uchun maydonga tushishi kerakligini aytib o‘tgandi.

«Real» Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 25 uchrashuv o‘tkazdi, Isko esa bu o‘yinlardan 20tasida maydonga tushdi, shundan 12tasida boshlang‘ich tarkibda. U bu uchrashuvlarda 6ta gol urgan va 4 golga uzatma bergan.

Top