21:38 / 06.03.2017
30381

Sentyabr oyida rahbarlik lavozimiga qaytarilgan Samoydin Husenov yangi ishga o‘tdi

3 mart kuni «Nuroniy» jamg‘armasi Buxoro viloyati kengashining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Xabar qilinishicha, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu vaqtgacha «Nuroniy»ning viloyat kengashiga raislik qilib kelgan Samoydin Husenov tashkilotning Buxoro shahar bo‘linmasi raisi etib tayinlangan.

Shu munosabat bilan, Farmon Aminov «Nuroniy»ning Buxoro viloyati kengashi raisi etib tayinlangan. Hokimlik axborotida Aminov bungacha qayerda ishlaganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, Samoydin Husenov 1996—2011 yillarda Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat olib borgan. U 2011 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan korrupsiya va urug‘-aymoqchilikka bog‘liq mojarolar fonida lavozimidan ozod qilingach, o‘tgan 5 yil davomida davlat ishida faoliyat ko‘rsatmagan. 

U o‘tgan yilning sentabr oyi ikkinchi yarmida hukumat ishiga qaytdi va O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining Buxoro viloyati kengashiga rais bo‘ldi.

Top