09:09 / 06.03.2017
6909

Video: Italiyalik futbolchi 8 daqiqa ichida het-trik amalga oshirdi

Turinning «Torino» klubi hujumchisi Andrea Belotti Italiya A Seriyasining 27-turida «Palermo»ga qarshi kechgan uchrashuvda 7 daqiqa. 15 soniya ichida 3ta gol urdi.

U birinchi golni urgan vaqtda jamoasi 0:1 hisobida yutqazayotgandi. Belotti 74-daqiqada burchak to‘pi uzatilganidan so‘ng boshi bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilgan. Keyingi ikki gol jarima zarbasi ijro etilganda ushbu goleador hujumchi to‘pga oyoq qo‘yishi orqali urilgan.

Belotti Italiya chempionatining joriy mavsumida 24 uchrashuvda maydonga tushgan va 22 gol urib, 4ta golga pas bergan.

Mavzuga oid
Top