Iroq hukumati raisi Haydar al-Obodi Mo'sul IShID terrorchilari tomonidan egallab olinganidan 3 yil o'tib ilk bora bu shaharga keldi, deb xabar bermoqda Alsumaria telekanali.

Ta`kidlanishicha, respublika qurolli kuchlarining oliy bosh qo'mondoni sanaluvchi mamlakat bosh vaziri Mo'sulga uni terrorchilardan butunlay ozod qilish bo'yicha amaliyot bilan shaxsan tanishish maqsadida kelgan.

Bundan tashqari, u kampaniyada ishtirok etayotgan bo'linmalarni tekshiruvdan o'tkazishni rejalashtirgan.

Avvalroq Iroq xavfsizlik kuchlari Mo'suldagi asosiy hukumat binosi ustidan nazoratni o'ziga qaytargani haqida xabar bergandik.