13:13 / 07.03.2017
11650

Aleksandr Yemelyanenkoga xorijda jang o‘tkazish taqiqlandi

Foto: RIA "Novosti"

Taniqli yakkakurash jangchisi Aleksandr Yemelyanenko Rossiyadan tashqarida jang o‘tkaza olmaydi. Bu haqda TASS agentligiga sportchining menejyeri Polina Yemelyanenko ma'lum qilgan. Aleksandrni ozod qilish shartlaridan biri shunday bo‘lgan.

Avvalroq, jangchi World fighting championship Akhmat (WFCA) ligasi bilan uchta jang o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. 

"Aleksandr ozodlikka chiqarilish shartlariga ko‘ra, Rossiyadan tashqariga chiqa olmaydi", - degan sportchining menejyeri. 

Aleksandr Yemelyanenko – MMA jangchisi Fedor Yemelyanenkoning ukasi bo‘lib, u ProFC tasnifi bo‘yicha sobiq jahon chempionidir. Bundan tashqari, jangovar sambo bo‘yicha Rossiya, Yevropa va jahonning bir necha karralik chempioni hisoblanadi. Aleksandr MMA tasnifida 23 marta g‘alaba qozongan, 7 marta mag‘lub bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top