19:18 / 07.03.2017
42137

Yangi reyting: Dunyoning eng ekologik toza 10 poytaxti

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning eng ekologik toza 10 poytaxti ro‘yxatini tuzdi. Britaniyaning The Telegraph gazetasi ushbu reyting bilan bo‘lishdi.

Manbaga ko‘ra, Stokgolm dunyoning eng ekologik toza poytaxti nomiga sazovor bo‘lgan - 1-o‘rin! Ikkinchi o‘rin Vellington (Yangi Zelandiya)ga nasib etgan. Uchlikni Avstraliyaning Kanberrasi yopadi.

To‘rtinchi o‘rin Ottava (Kanada) tomonidan band qilindi. Undan keyingi o‘rinlarda Montevideo (Urugvay), Tallin (Estoniya), Xelsinki (Finlyandiya), Monako va Madrid (Ispaniya) nomlari qayd etilgan.

Dunyo poytaxtlarining eng ifloslangan poytaxti deb Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) tan olindi. Aksilreytingga shuningdek Nyu-Dehli (Hindiston) va Doha (Qatar) ham kiritilgan.

Reyting tuzishda ekspertlar shaharlardagi havoning ifloslanish darajasi haqidagi ma'lumotlarga asoslanishdi.

Mavzuga oid
Top