22:03 / 07.03.2017
9901

"Antiqa" oyna tozalagichlarga ega avtomobil videosi ommalashmoqda

Internetda bir qiz boshqarayotgan "g‘alati" avtomobil videosi ommalashmoqda. Videoda avtomobilning oyna tozalagichlari uning peshoynasidan ko‘tarilgan holda havoda u yerda-bu yerga borib kelib, salt ishlayotgani tasvirlangan.    

Internetning ba'zi foydalanuvchilari bunga hazilomuz munosabat bildirib, qiz oyna tozalagichlar yordamida "pashsha haydamoqchi yoki tumanni tarqatmoqchi bo‘lgan" deb kinoya qilishgan. Biroq bu holatga to‘g‘ri munosabat bildirganlar ham topildi: ularning fikricha, oyna tozalagichlar buzilib qolgan bo‘lishi va shu sababli qiz avtomobil peshoynasini tirnab olmaslik maqsadida ularni ataylab ko‘tarib qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini aytishgan.      

Top