16:06 / 07.03.2017
36138

Hindistonda ikki boshli uch qo‘lli chaqaloq dunyoga keldi (foto+video)

Hindistonlik 23 yoshlik Shaban Xatun ikki boshli va uch qo‘lli farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Star gazetasi xabar qilmoqda

Ayol homiladorlik vaqtida egizak farzand kutayotganini gumon qilib yurgan. 

Biroq, tug‘uruqni qabul qilgan shifokorlar ikki boshli bolaning dunyoga kelishidan hayratga tushishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, uning uchta qo‘li ham bo‘lgan. 

Vaziyatning qaltisligi sababli go‘dakning tug‘ilishiga 8 nafar shifokor yordam bergan. U Mahatma Gandi shifoxonasida dunyo yuzini ko‘rgan. Biroq, ko‘rilgan barcha choralarga qaramay, chaqaloq uzoq yashamagan. 

Top