12:46 / 07.03.2017
6724

Medvedev Bishkekka keldi. Qirg‘iziston poytaxtida YeOII majlisi

Bugun, 7 mart kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) a'zolarining hukumatlararo majlisi boshlandi. Unda Qirg‘iziston, Rossiya, Armaniston, Belarus va Qozog‘iston bosh vazirlari tashkilotning istiqbolini muhokama qilishadi.

6 mart kuni "Manas" aeroportiga Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mingan samolyot qo‘ngandi. U Bishkekka kelishi bilanoq Armaniston bosh vaziri Karen Karapetyan bilan uchrashgan.

Yig‘ilish davomida jami 14 masala ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Tor doiradagi majlis matbuot ishtirokisiz o‘tkaziladi. Bu majlis Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatini boshlagan 2015 yil yanvaridan buyon to‘qqizinchisidir.

Tomonlar Bishkekda integratsiya masalalarini ko‘rib chiqishadi. Shuningdek, hukumat rahbarlari raqamli iqtisodiyot, axborot va kompyuter texnologiyalari, telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlanirishni muhokama qilishadi.

Ma'lumot uchun, Qirg‘iziston 2015 yilning 12 avgustida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lgandi. 

Mavzuga oid
Top