11:34 / 07.03.2017
6685

Vazir: AQSh ayrim mamlakatlarda Amerika vizasini oluvchilar tekshirilishiga qiziqmoqda

Foto: Fotolia

Dunyoning qator mamlakatlarida Amerika vizasini olmoqchi bo‘lgan fuqarolarni tekshirish holati mavjudligi AQShning tashvishlanishiga sabab bo‘lmoqda. Amerika ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli shunday bayonot bergan.

"13-14 mamlakatda juda ham tortishuvli tekshirishlar jarayoni mavjud", — degan vazir CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bular faqatgina musulmon mamlakatlari yoki Yaqin Sharq davlatlari emas".

Kelli Donald Trampning yangi immigratsiya farmonida 6 mamlakat fuqarolariga Amerikaga vaqtincha kirish taqiqlangani borasida fikrini bildirib, bu ro‘yxat yangilanmasligini taxmin qilgan. "Ammo, shunday mamlakatlar borki, biz ulardan ma'lumotlarni taqdim etishda yaxshiroq hamkorlik qilishni so‘raymiz", — degan Kelli. 

IXV rahbarining qayd eishicha, Trampning yangi farmoni musulmonlarga qarshi mazmunga ega emas. Uning ta'kidlashicha, "dunyoda 1,7 mlrd musulmon aholi istiqomat qiladigan 50ga yaqin mamlakat bor". Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, yangi farmonga ulardan faqat 6 davlat kiritilgan. 

Mavzuga oid
Top