15:59 / 08.03.2017
11902

Andijon dalalarida chigit ekish ishlari boshlandi

Andijon viloyatidagi paxta-g‘allaga ixtisoslashgan fermer ho‘jaliklarida joriy yil hosili uchun chigit ekish ishlari boshlandi. Viloyatda jami 89 ming 200 gektar maydonga baraka urug‘i ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 40 ming gektarida chigit plyonka ostiga qadaladi.

Baliqchi, Oltinko‘l va Marhamat tumanlari dehqonlari ekish ishlarini boshlab yuborishgan.

Oltinko‘l tumanidagi “Oltin vodiy gulshani” fermer xo‘jaligida ekish ishlari oldidan ehson tashkil qilinib, nuroniylar el rizqi to‘kin bo‘lishi hamda dehqonchilikka baraka so‘rab duo qildilar.

Viloyatning dehqonchilik qilinadigan 79, 400 gektardagi dalalarida esa g‘alla hosili yetishtiriladi. Ayni paytda bug‘doy parvarishlanayotgan maydonlarda ikkinchi oziqlantirish va sug‘orish ishlari olib borilmoqda.    

Kun.uz muxbiri Elmurod  Ermatov,
Andijon viloyati.

Top