14:21 / 08.03.2017
7298

Iroq IShIDga qarshi kurash uchun qo‘shni mamlakatlar hududiga kirishga tayyor

Iroq Qurolli kuchlari qo‘shni mamlakatlar hududlarida joylashgan IShID pozitsiyalariga ikkilanmasdan zarba beradi. Bu haqda Iroq Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Haydar Al Obodiy bayonot berdi. 

"Men qo‘shni mamlakatlar hududidagi terrorchilarga zarba berish borasida hech qachon ikkilanmayman. Biz ularga qarshi kurashni davom ettiramiz", - degan Al Obodiy. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, rasmiy Bag‘dod boshqa davlat suverenitetini hurmat qiladi. 

Fevral oyi oxirida Iroq HHK Suriyaning Iroq bilan chegaradosh Albu-Kamal hududidagi terrorchilarga havo zarbalari bergan edi. O‘shanda amaliyot ikki mamlakat razvedkalarining oliy darajadagi hamkorligi natijasida amalga oshirilgani haqida so‘z borgandi. Bag‘dod ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘q qilingan terrorchilar Iroq poytaxtidagi qo‘poruvchiliklarga aloqador bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top