07:55 / 08.03.2017
4625

Kubaga tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ketgan Boliviya prezidentida o‘simta aniqlandi

Foto: AFP

Boliviya prezidenti Evo Moralesda bezarar o‘simta aniqlandi, deb ma'lum qildi Boliviya sog‘liqni saqlash vaziri Ariana Kampero.

"Prezidentda hiqildoqning tovush tugunlarida 1-2 millimetrli kichik o‘simta aniqlangan. Endi u aprelda Kubada kichik operatsiyadan o‘tadi", deb ma'lum qildi Kampero.  

Kampero Morales sog‘lig‘i borasida turli gaplarni tarqatmaslikka chaqirgan. Uning aytishicha, gap bezarar o‘simta haqida ketmoqda. 

O‘tgan haftada Morales tomog‘idagi muammolar sababli Kubaga tibbiy ko‘rikdan o‘tgani jo‘nab ketgandi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, Moralesda jiddiy kasallik yo‘qligi ma'lum qilingan. 

Top