10:57 / 08.03.2017
16421

Ronaldu «Real» futbolchilarini tanqid qildi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z jamoadoshlarini yana bir bor YeChL nimchorak final bosqichida «Napoli»ga qarshi bo‘lib o‘tgan javob bahsidan keyin tanqid qildi.

Neapolda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida mezbonlar jamoasi 1:0 hisobida ustun keldi. 

Lekin tanaffusdan keyin Zidan shogirdlari g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi va 3:1 hisobida g‘alaba qildi. Madridda kechgan birinchi uchrashuvda ham 3:1 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan va umumiy hisobdagi ustunlik evaziga «Real» keyingi bosqichga yo‘l oldi.

«Biz himoyalanishni bilmaymiz», — degan portugaliyalik futbolchi o‘yindan keyin jamoadoshlariga.

Bundan avvalroq «Real» bosh murabbiyi Zidan jamoasining ko‘p o‘yinlarda gol o‘tkazib yuborayotganidan xavotirda emasligini ta'kidlab o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ichki chempionat doirasida «Valensiya»ga qarshi o‘tgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatli uchrashuvdan keyin Ronaldu o‘zini oqlab, janjal ko‘targani xabar qilingandi.

Ronaldu sheriklariga qarata «Men gol urdim, sizlar nima qildingiz?!» deya baqirib ketgandi.

Mavzuga oid
Top