07:02 / 08.03.2017
7899

Vengercha sharmandalik. «Arsenal» javob uchrashuvida ham 4 to‘p farqi bilan yutqazdi

Germaniyaning «Bavariya» klubi YeChL nimchorak final bosqichining javob o‘yinida ham «Arsenal»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. 

Londonda o‘tkazilgan uchrashuvnnig 20-daqiqasida Teo Uolkott raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlar jamoasi muxlislarida umid uchqunlarini uyg‘otgandi. 

Biroq ikkinchi bo‘lim boshida, 54-daqiqada mezbonlar sardori, markaziy himoyachi Loran Koselni qizil kartochka olib, jamoani qiyin ahvolda qoldirdi. 

Bundan foydalangan Karlo Anchelotti shogirdlari xuddi birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi inglizlar darvozasini 5 marta ishg‘ol qilishdi. Avvaliga Levandovski penaltidan unumli foydalandi. Keyingi daqiqalarda mezbonlar o‘yinida yuzaga kelgan tartibsizlikdan foydalangan Robben, Duglas Kosta va Arturo Vidal (2ta) gollar mualliflari bo‘lishdi. Umumiy hisob — 10:2, «Bavariya» foydasiga.

YeChL, nimchorak final, javob o‘yini
«Arsenal» - «Bavariya»  1:5 (1:0, 0:5)
Gollar: 1:0 – 20 Uolkott, 1:1 – 55, penalti Levandovski, 1:2 – 68 Robben, 1:3 – 78 Duglas Kosta, 1:4 – 80 Vidal, 1:5 – 85 Vidal. 
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Oksleyd-Chemberlen, Chaka, Uolkott, Remzi (Koklen, 72), Sanches (Peres, 73), Jiru (O‘zil, 72).
Bavariya – Noyyer, Hummels, Alaba, Rafinya, Martines, Xabi Alonso, Vidal, Alkantara (Kimmix, 79), Robben (Duglas Kosta, 71), Riberi (Sanshesh, 79), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Uolkott (39), Alaba (39), Martines (44), Koselni (53), Oksleyd-Chemberlen (61), Chaka (79).
Chetlatish: Koselni (54).
Birinchi o‘yin — 1:5

Top