14:46 / 09.03.2017
8660

FIFAning yangi reytingi. O‘zbekistonda o‘zgarish yo‘q

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 561 ochko bilan 63-o‘rinni saqlab qoldi.

O‘zbekiston Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo terma jamoalar orasida 6-o‘rinda qoldi. Eron 794 ochko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peshqadamlikni saqlab qolgan. Dunyo reytingida esa forslar 1 pog‘ona pastlagan.

Janubiy Koreya 691 ochko bilan qit'ada 2-pog‘onani egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Yaponiya (629 ochko) joy olgan. Avstraliya (622 ochko) va Saudiya Arabistoni (610 ochko) mos ravishda 4–5 o‘rinlarni egallagan.  

Eron – 32-o‘rin;

Janubiy Koreya – 39-o‘rin;

Yaponiya – 52-o‘rin;

Avstraliya – 54-o‘rin;

Saudiya Arabistoni – 56-o‘rin;

O‘zbekiston – 63-o‘rin;

BAA– 68-o‘rin.

JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan Qatar (415 ochko) bir pog‘onaga ko‘tarildi. Xitoy (407 ochko) o‘z o‘rnida qolgan bo‘lsa, Suriya terma jamoasi (357) 2 pog‘ona pastladi.

Qatar — 84-o‘rin;

Xitoy — 86-o‘rin;

Suriya — 95-o‘rin.

FIFA reytingida hamon Argentina (1644 ochko) yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1534 ochko) egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan Germaniya (1433 ochko) joy olgan. Jadvalda 4–10-o‘rinlarni tegishli ravishda Chili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari egallagan.

Top