22:23 / 09.03.2017
20084

Foto: «PSJ» futbolchilari uyalishi kerak bo‘lgan statistika

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen «PSJ»ga qarshi o‘yin davomida 25 marta pas bergan, shundan 23tasi aniq chiqqan.

WhoScored ma'lumotiga ko‘ra, germaniyalik darvozabonning pas uzatishdagi aniqligi 92 foizni tashkil qilgan. U bu ko‘rsatkichi bilan parijliklar jamoasining barcha futbolchilarini ortda qoldirgan.

Bundan tashqari, «PSJ» futbolchilaridan hech biri ter Shtegenchalik ko‘p uzatmani amalga oshirmagan. Jamoada bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Marko Verrattida bo‘lgan - 22.

Shuningdek, «PSJ» o‘yinning 85 daqiqasidan hakamning o‘yinni yakunlovchi hushtagi yangraguniga qadar atigi 4ta aniq pas uzatgan. Shu ham oltinchi gol urilgach, maydon markazidan to‘p o‘yinga kiritilganida bo‘lgan.

Top