21:00 / 09.03.2017
7562

Oliy Liga, 2-tur. «Nasaf»da g‘alaba, «Bunyodkor»da durang

Bugun, 9 mart kuni Oliy liganing 2-turi doirasida yana 2ta uchrashuv o‘tkazildi. Qarshida «Nasaf» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi va g‘alaba qozondi.

Avvaliga qarshiliklar jamoasi hujumchisi Dragan Cheran hisobni ochgan bo‘lsa, oradan biroz vaqt o‘tib «Buxoro» himoyachisi Kiril Pasichnik o‘z darvozasini nishonga oldi. 

82-daqiqada «Buxoro»ning legioner futbolchisi Ivan Vayttserning uzoqdan yo‘llagan zarbasi gol bilan yakunlandi, lekin ushbu gol buxoroliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi.

Endilikda «Nasaf» olti ochkosi bilan peshqadamlar safida bormoqda (3-o‘rin), «Buxoro» 3 ochkosi bilan yettinchi o‘rinda.

Turning yana bir uchrashuv Olmaliqda mahalliy «Olmaliq» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yinda hisob ochilmasdan qoldi.

2-turdan keyin «Bunyodkor» 4 ochko bilan beshinchi o‘rinda, «Olmaliq» esa bir ochkosi bilan 10-o‘rinda qolmoqda.

Oliy liga, 2-tur
«Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro) 2:1
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Shaxboz Erkinov (Dilshod Xushbakov, 76), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A'zamov (s), Islom Rashidxonov (Doniyorjon Narzullayev, 76), Farrux Sayfiyev, Dragan Cheran.
«Buxoro»: Erkin Jabborov, Bobirjon Omonov, Kiril Pasichnik, Suxrob Ne'matov (Alisher Shog‘ulomov, 46), Nozim Umurov (Ivor Veytser, 46), San'at Shixov, Zohir Pirimov (Shohrux Gadoyev, 22), Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Ivan Nagayev.
Ogohlantirishlar: Rabbim Hasanov 62, Farrux Sayfiyev 88

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Bunyodkor» (Toshkent) 0:0
«Olmaliq»: Akbar To‘rayev, Abduqahhor Xojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev, Alibobo Rahmatullayev (Farhod Musabekov, 75), Zabihillo O‘rinboyev (Viktor Klishin, 88), Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Rahmatullo Berdimurodov, Muhammad Isayev (Kamoliddin Murzoyev, 80), Igor Yyelich, Vladislav Kasminin.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akromjon Komilov, Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Eldor Shomurodov, 76), Vadim Chemirtan (Javohir Esonqulov, 71), Dostonbek Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov, Otabek Shukurov, Xurshid G‘iyosov.

Top