14:30 / 09.03.2017
10576

Qatar Airways yangi hashamatli salonini namoyish etdi

Qatar Airways milliy aviakompaniyasi o‘zining yangi hashamatli QSuite biznes-toifali saloni videosini taqdim etdi. Rolik Qatar tashuvchisining YouTube rasmiy kanalida chop etildi. 

Yangi salonda yo‘lovchi o‘rinlari video ko‘rishga mo‘ljallangan monitorlar bilan jihozlangan. Salondagi kreslolarni ikki o‘rinli karavotga aylantirish mumkin. 

Bundan tashqari, yolg‘iz qolishni istaganlar uchun yo‘lovchi o‘rinlari harakatlanuvchi panellar bilan ta'minlangan. Aviakompaniya saytida ta'kidlanishicha, kreslolar Italiya  charmi, atlas va pushti tilla bilan ishlangan. 

Mavzuga oid
Top