15:26 / 09.03.2017
56881

Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi qotillik sodir etdi

Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida noma'lum shaxs Farobiy 17-berk ko‘chasida yashagan, 1971 yilda tug‘ilgan ayolning uyiga kirib, uni tanasining turli joylariga o‘tkir tig‘li jism bilan urib jarohat yetkazib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan qo‘shni ayolning uyiga yordam so‘rab chiqib, shu yerda joni uzilgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu qotillik jinoyatini Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, 9-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

“Hozirda mazkur mudhish jinoyatning sabablarini aniqlash yuzasidan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Top