11:13 / 09.03.2017
56370

Toshkent shahridagi yana bir kafeda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 9 mart kuni Toshkent shahridagi kafelardan birida yong‘in chiqdi. Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmatining Kun.uz saytiga ma'lumot berishicha, Mirobod tumani, Yangi zamon ko‘chasi 2-uyda joylashgan Enter Business MJChga qarashli "Beshchinor" kafesida yong‘in sodir bo‘lgan.

"2017 yilning 9 mart kuni soat 08:48da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziya dispetcherlik xizmatiga Mirobod tumani, Yangi Zamon ko‘chasi 2-uyda joylashgan Enter Business MJChga qarashli "Beshchinor" kafesida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi", deyiladi xabarda.

Ko‘rsatilgan manzilga 4ta jangovar yong‘in o‘chirish avtoekipajlari yo‘llangan.

Jangovar ekipaj shaxsiy tarkibi amalga oshirgan tezkor harakatlar natijasida soat 09:12da yong‘in butunlay o‘chirilgan.

Ushbu yong‘in oqibatida kafening oshxonasi va tom qismi 80 kv.metr maydon zararlangan.

Ayni vaqtda yong‘in sababi va talofatlar aniqlanmoqda.

Top