19:05 / 09.03.2017
4640

Tunisair kutilmagan sabab tufayli barcha reyslarni bekor qildi

Tunisning Tunisair aviakompaniyasi payshanba kuni barcha reyslarini vaqtinchalik bekor qildi. Bunga uchuvchilar va texnik mutaxassislar o‘rtasida kelib chiqqan janjal sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

Tunisair texnik xodimlari, uchuvchi va ikkinchi uchuvchisi o‘rtasidagi janjal Tunis-Karfagen xalqaro aeroportida yuz berdi. Avvaliga xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchilik maxsus libos tufayli kelib chiqdi. Shuningdek, xabar qilinishicha, mexaniklar kasaba uyushmasi binosi yonida o‘tirgan holda ish tashlash aksiyasini o‘tkazib, uchuvchilarni yomon munosabatda bo‘lishda ayblashdi.

Aviakompaniya yo‘lovchilardan uzr so‘radi. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Tunisair’da 29ta samolyot bo‘lib, ular har kuni Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqqa o‘rtacha 47 reysni amalga oshiradi.

Top