16:27 / 09.03.2017
21954

Video: «Barselona» fanatlari o‘yindan keyin Messining yo‘lini to‘sishdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining bo‘lajak rafiqasi Antonella Rokutstso «PSJ»ga qarshi o‘yindan keyin olingan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Unga ko‘ra, katalonlar klubi fanatlari yo‘lda jamoa yulduzi mashinasini to‘xtatib, atrofni qurshab olishgan va shunday baqirishgan: «Messi! Messi!».

Videoda Messi Rokutstsoga yuzlanib shunday deganini ko‘rish mumkin: «Biz bu yerdan hech qanaqasiga chiqib keta olmaymiz».

«Barselona» — YeChL tarixida birinchi uchrashuvda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, javob uchrashuvida vaziyatni o‘nglay olgan ilk jamoa bo‘ldi. Jamoa o‘z maydonida 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Top