00:02 / 10.03.2017
26179

"Barselona" – "PSJ" o‘yinidagi hakam ish faoliyatidan chetlatilishi mumkin

UYeFA Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Barselona" va "PSJ" o‘rtasidagi javob o‘yinini boshqargan Deniz Aytekinning ishidan qoniqmadi. 

Marca bergan xabarga ko‘ra, UYeFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Perluiji Kollina nemis hakamining ishi to‘g‘risidagi dokladni olgan. Yaqin orada uning ishiga baho berishadi. Hakam joriy mavsumda o‘yinlar uchun chaqirilmasligi, shuningdek, bir qancha muddatga ish faoliyatidan chetlatilishi mumkin. 

Ma'lumot uchun, "Barselona" va "PSJ" o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ko‘pchilik hakam ishidan norozi bo‘lgan, ayniqsa, Suares ishlab olgan penaltini muhokama qilishgan edi. 

Top