00:22 / 10.03.2017
31338

"Barselona" "PSJ"ga qarshi o‘yindagi holat uchun jarimaga tortilishi mumkin

UYeFA Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi "Barselona" – "PSJ" o‘yinidan so‘ng kataloniyaliklarga nisbatan intizomiy tekshiruv ochdi. 

UYeFA rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, bunga kataloniyalik muxlislarning maydonga tushib kelgani sabab bo‘lgan. 

Ushbu mojaro 23 mart kuni UYeFA intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

Top