09:35 / 10.03.2017
5710

Yevropa Ligasi. «Lion» «Roma» uchrashuvida irodali g‘alaba, belgiyaliklar jamoasi to‘qnashuvida 7ta gol

Yevropa Ligasi nimchorak finalining birinchi uchrashuvlari nihoyasiga yetdi. 

«Lion» «Roma»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. «Stad de Lyumer» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda dastlab «Lion» himoyachi Muktar Dyakabining standart vaziyat vaqtidagi goli evaziga hisobni ochdi, ammo bo‘lim yakunida hisob 1:2 ko‘rinishini oldi. Muhammad Saloh va Federiko Fasio mehmonlarni olg‘a boshladi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar 3ta gol urishdi, Korentin Tolisso, Nabil Fekir va Aleksandr Lyakazett o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Gretsiyada esa mahalliy «Olimpiakos» va Turkiyaning «Beshiktosh klublari bellashdi va bu bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. 36-daqiqada Esteban Kambyasso mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 53-daqiqada Vensan Abubakar hisobni tenglashtirdi.

Belgiya jamoalari to‘qnashuvida esa muxlislar 7ta gol guvohiga aylanishdi. «Gent» o‘z maydonida «Genk»ka 2:5 hisobida yutqazdi.

Germaniya jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv esa durang natija bilan nihoyalandi. «Shalke» o‘z maydonida Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mehmonlar safida Yonas Xofman gol urib hisobni ochgandi, Gvido Burgshtallerning javob goli muvozanatni tikladi.

«Krasnodar» esa Ispaniyada «Selta»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Selta» ikkinchi bo‘lim boshlanganidan besh daqiqa o‘tib hisobni ochdi, Vass to‘p kiritdi. «Krasnodar» 56-daqiqada - Viktor Klassonning golidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada Klaudio Bovyu boshi bilan zarba berib mezbonlarga g‘alaba keltirgan to‘pni kiritdi.

Javob uchrashuvlari 16 martga belgilangan.

Lion (Fransiya) – Roma (Italiya) 4:2 (1:2, 3:0)
Gollar: 1:0 – 8 Diakabi, 1:1 – 20 Saloh, 1:2 – 33 Fasio, 2:2 – 47 Tolisso, 3:2 – 74 Fekir, 4:2 – 90 Lyakazett. 
Lion – Antoni Lopesh, Rafael (Jalle, 46), Mammana (Fekir, 71), Diakabi, Morel, Tuzar, Gonalon, G‘azzol (Korne, 76), Tolisso, Valbuena, Lyakazett.
Roma – Alisson, Manolas, Fasio, Jyezus, de Rossi (Paredes, 82), Bruno Peres, Emerson, Strotman, Nainggolan (Perotti, 85), Saloh, Jyeko (El-Shaaravi, 90).
Ogohlantirishlar: Emerson (41), Tuzar (62), Manolas (66).

Gent (Belgiya) – Genk (Belgiya) 2:5 (1:4, 1:1)
Gollar: 0:1 – 21 Malinovskiy, 1:1 – 27 Kalu, 1:2 – 33 Kolli, 1:3 – 41 Samatta, 1:4 – 45 Uronen, 2:4 – 61 Kulibali, 2:5 – 72 Samatta. 
Gent – Kalinich, Jigo, Gershon, Mitrovich, Esiti, Verstrate (Rabiu, 46), Sayyef (Saymon, 76), Matton, Kalu, Kulibali, Perbe (Foke, 76).
Genk – Rayan, Kastan, Brabets, Kolli, Uronen, Berge, Malinovskiy (Xeynen, 81), Posuelo, Sxreyvers (Trossard, 90), Boetiyus (Buffel, 46), Samatta.
Ogohlantirishlar: Esiti (20), Kulibali (59), Rabiu (89).
Chetlatish: Esiti (84).

Olimpiakos (Gretsiya) – Beshiktosh (Turkiya) 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 36 Kambyasso, 1:1 – 53 Abubakar. 
Olimpiakos – Leali, Figeyrash, Botia (da Koshta, 64), Retsos, Sissoko, Romao, Kambyasso (Andre Martinsh, 70), Mantatis, Fortunis (Marin, 74), Elyunussi, Ansarifard.
Beshiktosh – Fabrisio, Genyul, Marselo, Toshich, Adriano, Arslan (Oz'yakup, 46), Xatchinson, Kuarejma, Taliska (Inler, 90), Babel, Abubakar (Tosun, 82).
Ogohlantirishlar: Arslan (15), Marselo (66).

Shalke-04 (Germaniya) – Borussiya M (Germaniya) 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 15 Xofmann, 1:1 – 25 Burgshtaller. 
Shalke-04 – Fermann, Kerer, Xevedes, Nastasich, Kolashinats, Shopf (Shupo-Moting, 72), Gays, Stambuli (Bentaleb, 55), Kalidjuri, Gorettska, Burgshtaller (Di Santo, 84).
Borussiya M – Zommer, Yanchke, Vestergor, Kolodzeychak, Vendt, Xofmann (Shults, 84), Shtrobl, Daud, Jonson (Xan, 65), Raffael (Xerrmann, 79), Shtindl.
Ogohlantirishlar: Shtrobl (3), Kerer (10), Gays (14), Yanchke (38).

Selta (Ispaniya) – Krasnodar (Rossiya) 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50 Vass, 1:1 – 56 Klasson, 2:1 – 90 Bovyu.
Selta – Alvares, Malo, Kabral, Fontas, Kastro, Vass (Xosabed, 70), Radoya, Dias, Aspas, Gvidetti (Bovyu, 78), Sisto.
Krasnodar – Kritsyuk, Martinovich, Naldo, Grankvist, Ramires, Gazinskiy, Podberezkin (Mamayev, 75), Pereyra, Jigulev (Torbinskiy, 83), Klasson, Vanderson (Laborde, 78).
Ogohlantirish: Klasson (24).

Top