18:27 / 10.03.2017
12746

Samarqandda IShID g‘oyalarini targ‘ib qilgan fuqaro 8 yilga qamaldi

Foto: RIA "Novosti"

Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi fuqaro G‘iyosiddin G‘iyosovni IShID terrorchilik guruhi g‘oyalarni targ‘ib etgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda RIA Novosti Samarqand viloyati prokuraturasi vakiliga asosan xabar berdi.

"Sudga G‘iyosov ijtimoiy tarmoqlarda IShID faoliyatini targ‘ib etuvchi g‘oyalarni joylagani va tarqatgani haqidagi dalillar taqdim etildi. Sud hukmiga ko‘ra u sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi", - deya xabar qilgan agentlik suhbatdoshi.

Prokuratura vakilining ta'kidlashicha, mahkumning yashash joyidan flesh-kartalar va boshqa elektron tashish qurilmalari topilgan, ularda Markaziy Osiyoda halifat o‘rnatishga chaqirgan, shuningdek Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlarda ishtirok etishga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘llanma bo‘lgan audio va videomateriallar joylashtirilgan. 

Sud ma'lumotiga ko‘ra, G‘iyosov O‘zbekistonga Moskvadan 2015 yilning o‘rtalarida qaytib kelgan. "Rossiya hududida u IShID bilan aloqador bo‘lgan “Jihodchilik” taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkiloti a'zolari ta'siriga tushgan, vataniga qaytib kelgach esa, jihodchilar bilan aloqalarini davom ettirgan", - deya aytib o‘tdi prokuratura vakili.

Top