01:28 / 10.03.2017
17129

Sharqiy Afrika aholisi ocharchilikdan aziyat chekmoqda

Sharqiy Afrikada ocharchilik bilan bog‘liq gumanitar fojia davom etmoqda. Agar xalqaro hamjamiyat jiddiy choralar ko‘rmasa, u yanada avj olishi mumkin. 

"Anadolu" axborot agentligining BMTdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Somali, Janubiy Sudan, Efiopiya, Keniya, Jibuti, Uganda va Burundida qurg‘oqchilik, harbiy ixtiloflar va oziq-ovqat inqirozi sababli 23 mln kishi och qolmoqda.

Bundan tashqari, bu davlatlardagi gumanitar fojiaga iqtisodiy barqarorsizlik, noodatiy ob-havo sharoitlari va migratsiya kabi omillar ham sabab bo‘lmoqda. Chorvaning kamayishi va hosilsizlik sababli hududda oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar oshmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Efiopiya, Keniya, Somali, Janubiy Sudan, Uganda va Tanzaniyada oziq-ovqat narxi rekord darajada qimmatlashib ketgan. 

Mavzuga oid
Top