08:11 / 11.03.2017
3438

AQShda yumshoq pishloqdan zaharlanib ikki kishi halok bo‘ldi

Foto:CDC

AQShda listeriozdan ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana bir necha kishi kasallangan, deb xabar qilmoqda BBC telekanali. 

Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur zaharlanishga Nyu Yorkdagi Vulto firmasi tomonidan tayyorlangan pishloq sabab bo‘lgan. 

Listerioz bilan bog‘liq 6ta holat Konnektikut, Vermont, Nyu-York va Floridada qayd etilgan.

Listeriya sutdan tayyorlangan pishloqlar va boshqa sut mahsulotlarida uchraydi. Bu bakteriyalar muzlatilganda o‘lmaydi. Bakteriyalar faqatgina pasterizatsiya qilinganda yoki sut qaynatilganda o‘ladi. 

Avvalroq, Amerikaning Kellogg firmasi 10 ming dona qadoqlangan vaflilarni listeriya bilan zararlangani ehtimoli sabab qaytarib olgandi. 

Mavzuga oid
Top